Bugun Kun.uz va Tribuna.uz saytlarining iste'dodli jurnalisti O‘tkir Jalolxonovning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tmoqda.
Shu munosabat bilan tahririyat jamoasi O‘tkir Jalolxonovni hayotidagi eng yorqin kunlaridan biri bilan tabriklab, unga oilaviy baxt-saodat, xotirjamlik va solih farzandlar voyaga yetkazish baxtini tilaydi!
O‘zining samimiyati, rostgo‘yligi va mehnatsevarligi bilan hurmat qozongan jamoamiz a'zosining ham shaxsiy hayotdagi, ham kasbiy faoliyatdagi yutuqlari bardavom bo‘lishini niyat qilib qolamiz.