Bosh prokuratura Toshkent viloyatidagi koloniyada sodir etilgan jinoyat haqida xabar berdi

Jamiyat 09:22 / 21.11.2019 26578

Toshkent viloyatidagi koloniyada jinoyat sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum B.R. boshqa mahkumning ishonchiga kirib, uni koloniyadan chiqarib yuborish uchun advokatga pora tariqasida pul berish bilan aldab, 2000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent maxsus prokuraturasi tomonidan B.R.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: