Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha 10 yillik strategiya ishlab chiqiladi

Jamiyat 21:42 / 21.11.2019 4025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

«Davlatimiz rahbari hozirgi tizimni «shok terapiyasi» usulida isloh qilish aholining har xil qatlamiga turlicha ta'sir etishini alohida ta'kidlab, mutasaddilarga 2030 yilgacha aholini ijtimoiy muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Buning uchun 2020 yil birinchi yarmi yakunigacha aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha yangi tizimni har bir hududda eksperimentdan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

Yolg‘iz keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yashash joyi bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga ham e'tibor qaratildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yig‘ilishda, shuningdek, iste'mol savati va yashash minimumi haligacha joriy etilmagani tanqid qilindi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq berildi, uch darajali pensiya ta'minoti tizimiga o‘tish zarurligi ta'kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: