Internetda ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH haqida xabar tarqalmoqda.
Poytaxt IIBB ma'lum qilishicha, 19 noyabr kuni taxminan soat 16:00da Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasida "Isuzu" rusumli avtobus ("4-AVTOBUS SAROYI" MChJga tegishli va 122-son yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi) haydovchisi "MERCEDES BENZ" rusumli avtobus ("5-AVTOBUS SAROYI" MChJga tegishli) bilan to‘qnashgan.
Qayd etilishicha, YTH natijasida hech kim jabr ko‘rmadi. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.