Agrobankning 30 nafar rahbar xodimlari ayni paytda Turkiyaning T.S. Ziraat Bankasi A.Ş bankida biznes yuritishni xalqaro standartlar asosida tashkil etish, chakana xizmat turlarini rivojlantirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, xususan xodimlar ish samaradorligini baholash tizimini (KPI) yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘quv seminarda ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, safar doirasida xodimlar T.S. Ziraat Bankasi A.Ş filiallarida ham bo‘lib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Kelgusida ham mazkur dastur doirasida bir qancha bank xodimlarining ushbu o‘quv-seminarlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Sayt: www.agrobank.uz
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: @Agrobank_uz
Facebook: fb.com/AgrobankUzbekistan
«Agrobank» ATB matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida