Yunusobod tumanidagi yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi

Jamiyat 15:01 / 19.11.2019 8772

2019 yil 19 noyabr kuni soat 11:09da, Yunusobod tumani, I.Ahmad ko‘chasi, 14-uyda joylashgan, «Smart Stroy Building» va «Teplo Luks Biznes» MChJlarga qarashli omborxona 200 kv.m. maydonida yongan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, yong‘indan 1500 kv.m. maydonidagi qurilmalar saqlab qolingan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 11:15da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 11:49da qurshab olinib, soat 12:01da o‘chirilgan. 

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong‘in joyiga 6ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: