LG Electronics kompaniyasi R32 xladagenti asosida ishlovchi ixcham VRF Multi V S tizimlarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi

Jamiyat 11:00 / 19.11.2019 13622

LG Electronics (LG) sohada birinchi bo‘lib R32 xladagenti bilan 4-6 ot kuchi quvvatiga ega bo‘lgan bitta ventilyatorli mini-VRF tizimlarini ommaviy ishlab chiqardi. Ular kichkina ofislar va do‘konlar, shuningdek, premium turar-joy binolari va konditsioner tizimlari uchun tashqi birliklar hududida cheklovlar mavjud bo‘lgan boshqa holatlarda keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda Multi V S energiya tejamkorligi yuqori bo‘lgan R32 xladagentiga asoslangan eng ixcham va yengil mini-VRF tizimidir.

Innovatsion ishlanmalarimiz tufayli oldingilari bilan solishtirganda hajmi 40 foizga kichraygan, vazni esa 23 foizga yengillashgan tizimni yaratish mumkin bo‘ldi. Natijada o‘rnatish kamroq joy, vaqt va mehnat sarfini talab qiladi, shuningdek, Multi V S ishlatilishi mumkin bo‘lgan joylarning me'moriy-loyihaviy yechimlari murakkabligi doirasini kengaytirishga imkon beradi va qo‘shimcha ravishda muzlatgichning zarur zaryad hajmini kamaytiradi. Ilgari R410a xladagentiga asoslangan muqobil ishlab chiqarish tizimlari uchun kamida 5,6 kg talab etilgan bo‘lsa, yangi tizimga esa 4,3 kg R32 xladagent kerak. Tashqi blokning shovqin xususiyatlari (ovoz bosimi darajasi) past darajada saqlanib qoldi, ya'ni 50-52 dB (A), bu taqqoslash uchun odatdagi suhbatning shovqin darajasiga teng.

Muhandislar uchun eng muhim vazifa energiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini pasaytirmasdan yuqoridagi xususiyatlarga erishish edi. Natijada yangi tizimning mavsumiy energiya samaradorligi koeffitsiyenti (SEER va SCOP) xalqaro miqyosda tan olingan, HVAC (isitish, shamollatish va havoni tozalash) tizimlarini hamma uchun teng sharoitlarda o‘z saytlarida sinovdan o‘tkazadigan mustaqil Yevropa komissiyalarining eng yuqori talablariga javob beradi. Sinov natijalariga ko‘ra, SEER va SCOP nuqtai nazaridan Multi V S samaradorlik reytingi A++ va A+++ toifalariga kiradi, bu bozorda muqobil tizimlarning ko‘rsatkichidan yuqoriroqdir.

R1 Compressor™ texnologiyasiga o‘xshash noyob ishlanmalar evaziga energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari oshirishga erishildi. Aslida bu LG kompaniyasining yangi inverter-aylantirish kompressoridir, uning pastki qismida siqish mexanizmi mavjud. Konstruksiyaning bunday o‘zgarishi krank karteridagi kerakli miqdordagi yog‘ni kamaytirishga, yog‘ nasosidan voz kechishga, mexanizmning eskirishi va tebranish darajasini pasaytirishga imkon berdi. Ichki sinovlari natijalariga ko‘ra R1 kompressori yuqori barqarorlik va samaradorlik ko‘rsatdi, ayniqsa, qisman yuklamalar berilganda yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Yangi kompressor yordamida Multi V S tizimi yanada tejamkor bo‘lib, eng yuqori texnik va ekologik talablarga javob beradi.

Shuningdek, Multi V LG mahsulotlar liniyasining boshqa tizimlarida ham bir qator noyob maxsus texnologiyalar ishlatildi. Bunday misollardan biri «Dual Sensing» texnologiyasidir. Texnologiya ikki omilga asoslangan hamda harorat va namlikka ta'sir ko‘rsatuvchi tizim faoliyati hisobidan qulaylik va samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Shuningdek, «Ocean Black Fin» (tuz, qum va sanoat ifloslanishi kabi agressiv moddalardan ikki baravar himoya qiluvchi maxsus korroziyaga qarshi plyonka bilan qoplash texnologiyasi), innovatsion biometrik ventilyator konstruksiyasi (ventilyatorning o‘lchamlarini sezilarli o‘zgartirmasdan havo oqimini oshirish texnologiyasi) ham qo‘llanilgan.

Ayni paytda R32 xladagenti bazasida yaratilgan Multi V S tizimi 12, 14 va 16 kVt quvvatga ega modellarda 8 tadan 13 tagacha yopiq qurilmalarni ulash imkoniyatiga ega. R410a xladagentida ishlaydigan Multi V seriyali barcha yopiq bloklar yangi tizimga mos keladi.

LG mahsulotlarini xarid qilish va servis xizmati masalalari bo‘yicha esa, iltimos, LG xaridorlarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting: 0800 120-22-22. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqam bepul. Muhim: raqamni to‘liq terish lozim.

LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook: fb.com/LGUzbekistan

Instagram: @LGUzbekistan

Telegram: t.me/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: