Kun.uz «Mega Tanlovi» g‘oliblariga mukofotlar topshirildi

Jamiyat 21:31 / 19.11.2019 12472

Kun.uz Telegram'dagi kanalida umumiy jamg‘armasi 15 million so‘m bo‘lgan «Mega Konkurs» o‘tkazilib, o‘tgan hafta boshida tanlov g‘oliblari aniqlangan edi.

Hafta davomida tahririyat xodimlari uchala g‘olib bilan ham bog‘lanib, ularga mukofotlarni topshirishdi.

Birinchi g‘olibimiz, 21606 raqam egasi – Malika Saidova. U tahririyatimizga kelib, mukofotni qabul qilib olar ekan, bu o‘zi uchun kutilmagan hol bo‘lgani, chunki avvaliga konkurs adolatli o‘tishiga shubha qilgani, lekin qo‘ng‘iroqdan ishonch hosil qilganini aytdi.

Ikkinchi g‘olib – 254780 raqam egasi Dilobar A'zamova. Yutuq sohiblari aniqlangan kuni shu ushbu g‘olibimiz bilan bog‘lana olmagan edik. Mazkur o‘quvchimiz Toshkent viloyati Chinoz tumanidan ekan. Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil oladi.

«Konkursda ishtirok etdim, lekin ishonmagandim. Kecha qo‘ng‘iroq qilganingizda ham ishonmadim. Bugun sovrinni olishim kerakligi aytilgandan keyin ishondim», – deydi Dilobar A'zamova.

Uchinchi g‘olib – 199805 raqam egasi Oygul Xojiyeva. Sayt xodimlari g‘olibning shaxsan o‘ziga mukofotni topshirish uchun Sirdaryo viloyatiga bordi. Viloyat markazi Guliston shahrida g‘olibga sovrin topshirildi. Xojiyevaga g‘olib bo‘lgani aytilgani zahoti kontrakt to‘lovi haqida gapirganini eslatdik.

«Qo‘ng‘iroq qilganingizda dastavval ishonmagandim. Kontrakt to‘lashning muddati 20 noyabrgacha cho‘zilgani haqida qaror chiqqandi. Aynan shu paytda to‘lov kontraktiga pul chiqib qolganligi uchun xursand bo‘ldim. O‘zimizda muammo yo‘q. Bu oxirgi farzandim. Qolganlarini o‘qitib, oliy ma'lumotli qildik. Bu qizimiz ham bitirib olsa, vatanimizga nafi tegadigan kadr bo‘lib yetishadi-da», – deydi g‘olibimiz.

Ilk konkurs avvalida ham aytilganidek, Kun.uz yutuqli konkurslarni o‘tkazishda davom etadi. 15 noyabr kuni ikkinchi mega tanlov e'lon qilindi. Bu galgi umumiy yutuq – 50 mln so‘m.

Endilikda besh hafta davomida har juma kuni 5 mln so‘mdan mukofot oluvchi 2 nafardan g‘olib aniqlab boriladi. Tanlov shartlari bilan Telegram`dagi maxsus bot orqali tanishish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: