12 noyabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi G‘.B. ko‘p sonli jarohatlar bilan Poznan shahri kasalxonasiga yotqizilgan. Bu haqda mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi bergan ma'lumotga tayanib TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uning sog‘ligi holati og‘ir deb baholanmoqda va u koma holatida intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan.
“Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va Polsha vakolatli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Poznan shahri politsiya boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Konsullik-huquqiy departamenti Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda O‘zbekistonning Varshava shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +48-22-894-62-30 (2)