AQShning Meksikadagi bosh konsulligida komendantlik soati joriy qilindi

Jahon 10:20 / 17.11.2019 2604

AQShning Meksikaning Naevo Laredo shahridagi bosh konsulligida  komendantlik soati joriy qilindi. Bunga Meksikada zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani sabab bo‘lgan.

Amerikalik diplomatlarga konsullik hududini tark etish taqiqlangan. Bunday choralar kiritilishi 15 noyabrdan mahalliy hokimiyat va jinoiy to‘dalar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berayotgani bilan tushuntirilgan. 

Diplomatlarga gavjum joylarga bormaslik va vaziyatni mahalliy OAV orqali kuzatish tavsiya qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: