Moskvada komaga tushgan o‘zbekistonlik talaba vafot etdi

Jamiyat 08:12 / 15.11.2019 43539

Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining (RUDN) tibbiyot fakulteti talabasi, galoperidol dori vositasi ukolidan keyin komaga tushgan o‘zbekistonlik O‘lmasxon Baxronov Moskvadagi 67-shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Facebook’dagi “Samarkand & Samarkand” guruhida va O‘lmasxonning amakisi Farrukxon Shukurlayev o‘z sahifasida ma'lum qilgan.

22 yoshli O‘lmasxon 13 noyabrda soat 20:45da vafot etgan. Uning janozasi 15 noyabrda Samarqand viloyatining Samarqand tumani “Quyi Chordara” mahallasida bobosining uyida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq talaba noto‘g‘ri belgilangan dori vositasi sababli komaga tushgani ma'lum qilingandi. Yigit onasining ta'kidlashicha, shifokor O‘lmasxonni giyohvand modda qabul qilishda gumon qilib, unga galoperidol buyurgan. Vosita kiritilgandan keyin O‘lmasxonning yuragi to‘xtab qolgan.

Yigitning yuragini ishga tushirishga muvaffaq bo‘lingan, biroq bu orada uning miyasiga shikast yetgan va u 67-shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Yigitning yaqinlari bu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazish talabi bilan Rossiya va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklari va bosh prokuraturalariga murojaat qilishgan.

Ko‘proq yangiliklar: