AQSh Boliviyadagi diplomatlari oilalarini evakuatsiya qilmoqda

Jahon 09:43 / 13.11.2019 4983

AQSh ommaviy tartibsizliklar girdobida qolgan Boliviyadan o‘z diplomatlari oilalarini tezlikda evakuatsiya qilishga qaror qildi. 

Bunday qaror qabul qilinishiga Lotin Amerikasi mamlakatini qamrab olgan ommaviy tartibsizliklar sabab bo‘lgan. 

Bundan tashqari, AQSh davlat departamenti o‘ta muhim vazifalarga ega bo‘lmagan davlat xodimlarini Boliviyani tark etishga chaqirgan. 

Ta'kidlanishicha, Boliviya AQSh hukumati tomonidan tashrif buyurish tavsiya qilinmaydigan davlatlar “qizil” ro‘yxatiga kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: