«O‘zbekkino» va «Soyuzmultfilm» Xo‘ja Nasriddin haqida mulserial ishlaydi

Jamiyat 18:10 / 12.11.2019 3924

«O‘zbekkino» Milliy agentligi delegatsiyasi Moskvaga amaliy tashrif doirasida «Soyuzmultfilm» studiyasiga tashrif buyurdi.   

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi. «O‘zbekkino» va «Soyuzmultfilm» hamkorlikda Xo‘ja Nasriddin haqida animatsion serial ishlashga kelishib oldi.

«Soyuzmultfilm» bilan memorandum imzoladik va hamkorlikdagi birinchi loyihamiz Xo‘ja Nasriddin sarguzashtlari haqidagi animatsion serialni yaratishdir. Ehtimol, bu personaj nafaqat bolalarimiz va yoshlarimizning, balki, kattalarning ham sevimli multiqahramoniga aylanadi», - deydi «O‘zbekkino» bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

«Soyuzmultfilm» kinostudiyasi bosh direktori Boris Mashkovsevning so‘zlariga ko‘ra, Xo‘ja Nasriddin haqidagi animatsion serialni yaratish g‘oyasi qo‘llab-quvvatlangan.

«Barcha katta yoshlilar bu ajoyib qahramon haqidagi afsonalarni eshitib ulg‘aygan. Ushbu qahramon orqali Buxoro va Samarqandni ham tomoshabinga to‘laroq ko‘rsatib berish mumkin», - dedi u.

Ko‘proq yangiliklar: