Berlinda "Xo‘ja Nasriddin" festivali o‘tkazildi
Berlin shahrida "Xo‘ja Nasriddin" festivali o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Foto: "Dunyo" AA
Unda mamlakatning Germaniyadagi elchixonasi tashkilotchi sifatida ishtirok etdi va mamlakat madaniyati hamda san’atini namoyish etdi.
Germaniyada akkreditatsiyadan o‘tgan Markaziy Osiyo, Ozarboyjon, Eron va Pokiston davlatlari elchixonalari tomonidan Cultur-Cooperation Int. e.V. tashkiloti bilan birgalikda tashkil etilgan festivalda mezbon mamlakat rasmiylari, ishtirokchi davlatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, Berlin shahri aholisi, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqalar ishtirok etdi.
Festivalning rasmiy ochilish marosimida Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili Yyens Vagner, Berlinning Shteglits-Tsellendorf ma’muriy okrugi burgomistri Maren Shellenberger va Berlin shahridagi XDS partiyasining ta’lim siyosati masalalari bo‘yicha parlament guruhi vakili Sandra Halatbari so‘zga chiqib, mazkur madaniyat festivali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigini mustahkamlash, madaniy muloqotni shakllanishiga katta hissa qo‘shishini ta’kidladilar.
Nasriddin Afandi latifalari nafaqat Sharq xalqlari orasida keng tarqalgani, balki Yevropa tillariga tarjima qilingani, uning latifalaridagi donolik, zukkolik va shu bilan birga yumorga yo‘g‘rilgan hikoyalari har doim o‘z dolzarbligini yo‘qotmagani qayd etildi.
Sharq xalqlari qahramoni Xo‘ja Nasriddin festivali doirasida ishtirokchi mamlakatlar o‘z madaniy dasturlari, kuy-qo‘shiqlari, raqslari, Nasriddin obrazi bilan bog‘liq qiziqarli sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
Mavzuga oid

14:49 / 10.02.2025
Berlinda - Germaniya siyosatidagi o‘ng burilishga qarshi yurish

11:34 / 01.01.2025
Berlinda pichoqli hujum: ikki kishi yaralandi

12:48 / 12.12.2024
Shmigal Shols bilan qochqinlarni Ukrainaga qaytarishni muhokama qildi

16:32 / 30.11.2024