«Sergeli kichik sanoat zonasi» hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 07:50 / 09.11.2019 9830

2019 yilning 8 noyabr kuni soat 17:52da Toshkent shahar Sergeli tumani 2-dahasida joylashgan “Sergeli kichik sanoat zonasi” hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga dastlab avtomatik ravishda 4ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 17:57da yetib borgan vaqtda ishlab chiqarish sexlari joylashgan binoning ikkinchi qavati ochiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan. Toshkent shahridagi yuqori qavatli binolarga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalari orqali voqea joyi kuzatilishi hamda voqea joyidagi yong‘in o‘chirish rahbari tomonidan tasdiqlangan II yuqori chaqiriq bo‘yicha qo‘shimcha ravishda 6ta asosiy yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 19:46da qurshab olinib, soat 20:20da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida “Sergeli kichik sanoat zonasi” hududidagi “Magna-mebel” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi va “Useful-biznes-grup” sintefon ishlab chiqarish sexining 1500 kv. metr maydonda tomi va ichki qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan obektning 15500 kv. metr maydoni saqlab qolingan hamda alanga hududdagi qo‘shni tadbirkorlik obektlariga o‘tib ketishi oldi olingan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: