Markaziy Osiyodagi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning asosiy qismi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi - IIV

Jamiyat 10:34 / 08.11.2019 4151

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Nodir Ziyayev 7 noyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilishicha, 1991-2016 yillar davomida atigi 482 nafar, 2016 yildan 2019 yilning sentyabriga qadar 8054 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik berilgan.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi PQ–3982-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 fevraldagi 113-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida IIV tomonidan yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqilgani, loyiha ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgani haqida ma'lumot berildi.

«Qonun loyihasida O‘zbekiston hududiga 1995 yil 1 yanvarga qadar doimiy yashash uchun kelgan shaxslarning fuqaroligini tan olish ko‘zda tutilgan. Qonun qabul qilinsa, u mamlakatda doimiy yashayotgan 49228 nafar, ya'ni fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning 50,6 foiziga  fuqarolik berilishi uchun asos bo‘ladi», deya Nodir Ziyayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

 

Ko‘proq yangiliklar: