Toshkent viloyatining 8ta hududida aholiga elektr energiyasi yetkazib berishga cheklov o‘rnatilmoqda

Jamiyat 08:39 / 07.11.2019 26426

Toshkent viloyatining 8ta ma'muriy hududida aholiga elektr energiyasi yetkazib berishga cheklovlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo haroratining keskin pasayib ketishi natijasida, so‘nggi kunlarda energiya iste'moli hajmi oshgan. Shu bois, energotizimda quvvat va yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelgan. 

Vaziyatdan kelib chiqib "Milliy elektr tarmoqlari" AJ dispetcherlari tomonidan energotizim yaxlitligini saqlab qolish maqsadida, nomuayyan muddatga maxsus grafik asosida cheklov joriy etilmoqda. 

Mazkur reja-grafikka asosan, viloyatning Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Chirchiq shaharlari va Bekobod, Parkent, Chirchiq, Qibray, Zangiota tumanining ayrim hududlarida elektr ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. 

Bildirilishicha, rejali o‘chirishlarning davomiyligi uzog‘i bilan ikki soat davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: