Poytaxtning ayrim ko‘chalarida ichimlik suvi o‘chiriladi

Jamiyat 08:33 / 07.11.2019 3675

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim ko‘chalarda ichimlik suvi vaqtincha bo‘lmaydi.

Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, Yashnobod tumani Maxtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasidagi D-1400 mm ichimlik suv tarmog‘ida ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotgani munosabati bilan joriy yilning 6 noyabr kuni soat 23:00 dan 8 noyabr kuni soat 06:00ga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim ko‘chalarda vaqtincha ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatiladi.

 “Suvsoz” DUK tomonidan ushbu manzillarga ichimlik suvini yetkazib berish choralari amalga oshiriladi.

Quyida tarmoqdan uziladigan manzillar ro‘yxati keltirilgan:

Parkent ko‘chasida;
Parkent 3-berk ko‘chasida;
Parkent 4-berk ko‘chasida;
Issiq suv ko‘chasida;
Issiq suv 1-tor ko‘chasida; 
Qarnoq ko‘chasida;
Mirzo Ulug‘bek tumani DSENM binosida.

Ko‘proq yangiliklar: