265 mln so‘mni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan tadbirkorga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat 12:41 / 07.11.2019 8018

Joriy yilning 4 noyabr kuni Sergeli tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli tadbirkor S.E. 9 iyun kunidan avgustgacha 33 yoshli T.X.ga 1066 ta stullar, divan va kreslolar tayyorlab berishni va'da qilgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, buyurtma uchun S.E. T.X.dan 265 100 000 so‘m olib, mebellarni tayyorlamasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli fuqarolar! Ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan kelishuvni yozma tarzda rasmiylashtiring. Ammo shu holda ham mablag‘ni to‘laligicha oldindan bermasdan, buyurtma bo‘yicha ishlar yakunlangach bering”, - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: