"Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" masjidiga homiylar hisobidan kitoblar vaqf qilindi

Jamiyat 17:15 / 06.11.2019 5693

Ushbu xayriya ishlari uchun qariyb o‘n besh million so‘mlik kitoblar sotib olingan.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan «Masjid va madrasalar uchun kitob» aksiyasi amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu xayrli ishlar doirasida yurtimiz masjid va madrasalariga kitoblar taqdim etilmoqda, deb xabar berdi "Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati.

Joriy yilning oktabr oyida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan homiylar mablag‘lari evaziga xarid qilingan 81 nomdagi 500 ga yaqin kitob Toshkent shahridagi "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" masjidiga vaqf qilindi. Kitoblarga vaqf mulki ekanini bildiruvchi muhrlar bosilib, ushbu masjid majmuaga yetkazilgan. 

Ushbu xayriya ishlari uchun qariyb o‘n besh million so‘mlik kitoblar sotib olingan.

«Alloh roziligi yo‘lida qilingan ehsonlarni O‘zi dargohida qabuli maqbul aylasin! Alloh taolo O‘zining Kalomida shunday marhamat qiladi: "Mollarini Allohning yo‘lida sarflaydiganlarning misoli, xuddi bir dona donga o‘xshaydi. Undan yetti boshoq o‘sib chiqadi, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana ko‘paytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi zotdir" (Baqara surasi, 261-oyat).

Azizlar, xayrli ishlarda faol bo‘laylik. Xayriya tadbirlarida o‘z hissalarimizni qo‘shib ajrlarga erishaylik!», deyiladi xabarda.

Fond faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, xayrli ishlarda faol ishtirok etayotgan mo‘min va mo‘minalarga "Vaqf" xayriya jamoat fondi o‘z minnatdorligini bildiradi.

Ko‘proq yangiliklar: