O‘zbekistonning ayrim hududlarida elektr ta'minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi

Jamiyat 11:56 / 06.11.2019 12349

Bugun, 6 noyabr kuni, soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanining “Sog‘bon 1-2 tup”, “Qizil tut”, “Paxta”, “Langar”, “Lentochniy”, “Qo‘sh tut”, “Muhokama” ko‘chalarida va “Zarqaynar” supermarketlarida transformator punktlari va elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlari hamda Xorazm viloyatining Xonqa, Bog‘ot, Hazorasp, Pitnak tumanlarida Taxiatosh-Xorazm-Sarimoy yo‘nalishidagi tarmoqlarda 220 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog‘ining o‘tkazilishi va “Taxiatosh issiklik elektr stansiyasi”dagi 7 energoblok ta'mirlanayotganligi sababli 6-7 noyabr kunlari elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan

Ko‘proq yangiliklar: