Farg‘ona viloyatida yuz bergan YTH oqibatida ikki nafar o‘quvchi qiz hayotdan ko‘z yumdi

Jamiyat 13:50 / 06.11.2019 31259

4 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. «Postda» nashri xabariga ko‘ra, mazkur hodisa natijasida ikki nafar bola hayotdan ko‘z yumdi. 

Bag‘dod tumanida yashovchi D.V. o‘z boshqaruvidagi «Tiko» avtomashinasida bilan ikki farzandi hamrohligida harakatlangan. U A-373 yo‘lining 54-kilometrida asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi D.M. boshqaruvidagi «Neksiya» avtomashinasiga yo‘l bermasdan, yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. «Tiko» avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, shu yerdan oqib o‘tuvchi zovurga tushib ketdi.

Natijada «Tiko» avtomashinasi yo‘lovchilari, haydovchi D.V.ning qizi, 7-sinf o‘quvchisi I.V. voqea joyida vafot etdi. Yana bir qizi, 2-sinf o‘quvchisi R.V.  esa shifoxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: