«Asaka» ATBda yana bir bank xizmatlari markazi ish boshladi

Jamiyat 18:41 / 06.11.2019 11837

 2019 yil 5 noyabr kuni Chilonzor tumanida ham Bank xizmatlari Markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda moliya muassasalari imkoniyatlarini yanada kengaytirish, mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish, sohaga ilg‘or xalqaro texnologiyalarini joriy qilish, bankni moliyaviy barqaror va raqobatbardosh muassasaga aylantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullayev barchani qutlar ekan, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ish yuritish «Asaka» banki oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlardan biri ekanini ta'kidlab o‘tdi.  

«Asaka» bankining Toshkent shahar filiali tomonidan ochilgan Markazning dastlabki mijozlari va mehmonlariga «Asaka» banki plastik kartochkalari bepul takdim etildi. Ushbu markaz mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va jismoniy shaxslarning filialda ochilgan hisobvaraqlari orqali hisob-kitob, kassa, bank kartasi, xalqaro pul o‘tkazmalari va ularga tenglashtirilgan boshqa bank amaliyotlari, shu jumladan masofadan turib bank xizmatlari hamda nizomda belgilab berilgan bank xizmatlarini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, Markazda tunu-kun ishlovchi 24/7 shoxobchasi ochilib, barcha turdagi plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatuvchi – zamon talablariga mos bankomatlar o‘rnatildi. Ya'ni markaz yaqinda joriy etilgan, har jihatdan qulay va ko‘p funksiyali Humo hamda UzCard, MasterCard, Maestro, VISA kartalarini qabul qiluvchi bankomatlar bilan ta'minlandi.

Chilonzor tumanida ushbu Markazning faoliyat boshlashi muqim ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qildi. Bu kabi markazlar Respublikamizning boshqa hududlarida ham tashkil etiladi.

«Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz!

Ushbu markaz manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 4-uy.

Mo‘ljal: «Ko‘hinur» restorani.

Call-markaz: 1152

Veb-sayt: www.asakabank.uz

Telegram: t.me/bank_asaka

Facebook: fb.com/bankasaka

Instagram: @asaka_bank

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: