Qashqadaryoda YTH: to‘qqiz kishi jarohatlandi

Jamiyat 13:49 / 01.11.2019 28318

Qashqadaryoda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qqiz kishi tan jarohati oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Joriy yilning 31 oktabr kuni soat 21:40da fuqaro N.X. o‘zining boshqaruvidagi fuqaro Sh.J.ga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinasini ishonchnoma orqali Qarshi-Yettitom 4R87 avtomobil yo‘lining Yettitom yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, ushbu yo‘lning 50-kilometrida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro R.Z. boshqaruvidagi MChJga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinani yo‘liga chiqib ketgan holda, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada «Neksiya» avtomashina haydovchisi R.Z. va yo‘lovchilar S.U., E.R., S.K.lar hamda «Lasetti» avtomashina haydovchisi N.H. va yo‘lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: