Ofis xodimlarida sog‘liqlari haqida qayg‘urish uchun sabab yetarli. Kam harakatli hayot tarzi (bundan kelib chiqadigan barcha oqibatlari bilan), surunkali stresslar, ko‘rish organiga tushadigan doimiy yuklama… Kun yakunida qichishadigan qizargan ko‘zlar yoshlana boshlaydi va ranglarni qiyinchilik bilan ajratadi. Bu muammo ko‘pchilik ofis xizmatchilariga tanish. Biroq, agar profilaktika bilan shug‘ullansa, ish faoliyati ancha yengillashishi mumkin.
Nega ofis xodimlarining ko‘zlari ko‘p hollarda qizil va tez-tez yoshlanadi, buni fahmlash qiyin emas. Asosiy sabab – ko‘zlarning monitor oldida doimiy zo‘riqishi, deyarli butun ish vaqti ana shu tarzda o‘tadi. Oftalmolog-shifokorlarning fikricha, vaziyatni konditsionerli quruq havo, chekish, avtomobil haydash, kontakt linzalarni taqish ham vaziyatni yanada chuqurlashtirar ekan. Ofis xodimlari asosan kosmetikadan (har doim ham sifatli bo‘lmagan) foydalanadigan va gormonal kontratseptivlarni qabul qiladigan ayollardan iborat bo‘ladi, bu esa, ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘rish qobiliyati yomonlashishining qo‘shimcha omillari hisoblanadi. Baxtimizga, har bir zaharga qarshi dori mavjud. Quyida ko‘rish qobiliyati susayishining bir nechta oddiy usullarini keltiramiz:
- Olimlar katta kishi uchun monitor oldida o‘tirishning optimal vaqti – yarim soatlik tanaffus bilan 50 daqiqani tashkil qilishini hisoblab chiqishgan. Har soatda bir marta monitordan ko‘z uzib, ko‘zlar uchun gimnastika qilishni odat qiling.
- Vaqtingiz qanchalik tig‘iz bo‘lmasin, tushlik paytida albatta ko‘chaga chiqing. Toza havo, tabiat bo‘yoqlari va hayot tovushlari sizga quvvat bag‘ishlaydi, shu bilan birga ko‘zlaringiz ham dam oladi, qichishish va yoshlanishdan to‘xtaydi.
- Shifokorlar ko‘zlarni muntazam namlantirish uchun tez-tez ko‘zlarni ochib-yumishni maslahat beradi. Ammo buni har doim esda tutishning iloji yo‘q. Xodimlar va oila a'zolaringizga ko‘zlaringiz doim qizarishi, yoshlanishi, qichishishidan hadeb shikoyat qilavermaslik uchun ularga kuniga bir necha marta yosh pardasining himoya xususiyatlarini tiklaydigan maxsus namlantiruvchi preparat tomizing.
Kontakt linzalarni parvarish qilish qoidalari
XIX asr oxirida kontakt linzalarni ixtiro qilgan nemis oftalmologi Avgust Myullerga tasannolar aytamiz! Ko‘zoynaklarga qaraganda linzalarning afzalliklari bir talay: ko‘rish maydoni oshishi hisobidan (ko‘zoynaklarda uni bandlari toraytirib turadi) ular uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik rivojlanishini tormozlaydi, terlamaydi va sinmaydi.
Lekin uning ham o‘ziga xos jihatlari mavjud: linzalarni doimiy ravishda taqish butun ko‘z yuzasini qoplab turadigan yosh suyuqligi miqdorining kamayishiga olib keladi. Ushbu muammoni to‘g‘ri parvarish va ko‘zlarni namlantiruvchi tomchilar bilan hal qilish mumkin.
Kontakt linzalardan foydalanuvchilar ularni parvarish qilishning asosiy qoidalarini bilishlari muhim. Har qanday linza, shu jumladan reklamada yechmasdan taqib yurish taklif qilinayotganlarini ham, kechasiga konteynerga solib qo‘ygan ma'qul. Bunday linzalarni faqat shoshilinch vaziyatlarda (masalan, poyezdda tunaganda yoki yangi yil kechasida) qoldirish mumkin. Bu holda ham o‘zingiz bilan ko‘zlarni namlantiruvchi tomchilarni olib yurish kerak. Linzalarni o‘z vaqtida almashtirish juda muhim. Linzalarni pala-partish taqish, chang xonalar, ko‘zlarning infeksion kasalliklari (bu paytda linzada oqsilli qatlamlar paydo bo‘lishi mumkin) ularning xizmat muddatini sezilarli qisqartiradi. Biroq linzalardan to‘g‘ri foydalanganda va parvarish qilganda ham linzalarni muntazam taqib yurish ishlab chiqariladigan yosh miqdorini vaqt o‘tishi bilan kamaytiradi. Yosh yetishmovchiligini to‘ldirish maqsadida ko‘zlar uchun maxsus namlantiruvchi tomchilar yaratilgan bo‘lib, ulardan kontakt linzalarni taqqan paytda foydalanish mumkin. Ayniqsa ulardan ko‘p vaqtini kompyuter oldida o‘tkazadiganlar foydalanishi juda muhim.
Linzalar qanchalik mukammal bo‘lmasin, ish kuni yakunida ko‘zlar kislorod «ochligini» his qiladi, qichishadi va/yoki yoshlanadi. Tarkibida maksimal miqdorda suv bo‘lgan linzalar ham qutqarmaydi. Bir tomondan, ular ko‘zga maksimum kislorod o‘tkazadi – bu ijobiy jihat, boshqa tomondan esa, ayniqsa konditsionerlar ishlaydigan ofis muhitida tez eskiradi va qurib qoladi. Bundan tashqari, linza kislorod bilan birga tashqaridan yog‘, oqsil moddalarini singdiradi, shu bois tarkibida suv 38% dan ko‘p bo‘lmagan linzalarni xarid qilish va ularni ko‘zlarni namlantiruvchi tomchilar bilan birga qo‘llash ma'qul hisoblanadi.
Linzalar taqqanda ko‘zlar uchun eng yaxshi namlantiruvchi tomchilar bir nechta xarakteristikaga muvofiq kelishi kerak: ko‘zlar uchun fiziologik tarkibga, yaqqol namoyon bo‘ladigan namlantiruvchi samaraga ega bo‘lishi, yosh plyonkasining himoya xususiyatlarini tiklashi hamda narx va sifatning optimal nisbatiga ega bo‘lishi lozim.
Tarkibi:
Natriy gialuronat, natriy xlorid, borat kislotasi, natriy tetraborat, dinatriyedetat, poligeksanid (PHMB), yuqori tozalangan suv.
Qo‘llanishi
SuperOptic HydroBalance RRN tomchilari samarador va davomiy namlovchi ta'sirga ega. Ko‘zlarda qurish, qizarish, toliqish hissi va kipriklar ostidagi qum hissida tezkor yengillik olib keladi. SuperOptic HydroBalance RRN tomchilari, ayniqsa, quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
- Chang, tutun, UB-nurlanish, issiqlik (markaziy isitish, sauna), konditsioner, shamol, kosmetik vositalar, xlorlangan suv kabi tashqi muhit qizartiruvchi omillarining ko‘zlarga ta'siri;
- Teleko‘rsatuvlar, kitob o‘qish tufayli yoki uzoq muddat diqqatni jamlash, masalan, monitor ekranida davomiy ishlash, avtomobilni boshqarish bilan shug‘ullanadigan shaxslarda ko‘zlarni ochib-yumish tez-tezligining kamayishi;
- Ko‘z qurishi simptomi bilan og‘rigan shaxslar va 40 yoshdan katta bo‘lgan shaxslarda ko‘z yoshlari miqdorining juda kamligi yoki ular tarkibining o‘zgarishi;
- Kontakt linzalarni taquvchi shaxslar uchun.
SuperOptic HydroBalance RRN tomchilari istalgan turdagi kontakt linzalar taquvchi shaxslarda qo‘llanishi mumkin.
Sayt: www.superoptic.uz
Reklama huquqi asosida