Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ahmadboy ishi»: Uchinchi ochiq sud hukmi e'lon qilindi

Foto: KUN.UZ
2019 yil 28 oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni - 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovning Kun.uz’ga xabar qilishicha, mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining sudyasi X. Shermuhamedov raisligida ko‘rib chiqildi.
Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, A. Tursunboyevni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topib, unga ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
A. Tursunboyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019 yil 20 maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida 52 096 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi.
Shu bilan birga, A. Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi Qarorining 6-bandi “b” kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash va jarimani davlat daromadi hisobiga undirish belgilandi.
Ushbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.
Shuningdek, sud tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

15:15 / 16.07.2024
Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindixona tashkil etgan shaxs qariyb 4 yilga qamaldi

18:52 / 29.01.2024
Quyi Chirchiq tumanida onasiga aliment to‘lamagan aka-singil 15 sutkaga qamaldi

14:26 / 15.02.2023
Xotinini farzandlari ko‘z o‘ngida pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

17:43 / 13.10.2022