Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindixona tashkil etgan shaxs qariyb 4 yilga qamaldi
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida Chirchiq daryosi o‘zanida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydonini 2023 yilning may oyidan 2024 yilning yanvar oyiga qadar o‘zboshimchalik bilan egallab olib, hech qanday maxsus ruxsatnomalarga ega bo‘lmasdan noqonuniy chiqindixona tashkil qilgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi davlat inspektorlari tomonidan Chirchiq daryosida navbatdagi reyd tadbirlari olib borilgan. Reyd davomida o‘rganish natijasida fuqaro M.D. daryo hududiga chiqindilar to‘kib, to‘g‘on hosil qilgani aniqlangan. Fuqaro bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qurilish chiqindilarini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan.
Sudda M.D.ning toifalangan hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzib, noqonuniy chiqindixona tashkil qilganligi, hududga chiqindilarni ma’lum mablag‘ evaziga joylashtirib kelganligi o‘z isbotini topgan. Fuqaro daryoga 126.433,70 m3 chiqindi tashlangani oqibatida davlat manfaatlariga 3 milliard 68 million 206 ming 171 so‘m miqdorda zarar yetkazgan.
Shuningdek, M.D. «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasi hamda «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunning 41-moddasini qo‘pol ravishda buzgan.
Sud Jinoyat kodeksining 59-, 61-moddalariga asosan fuqaro 3 yil-u 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, undan davlat foydasiga 3 milliard 68 million 206 ming 171 so‘m zarar undirilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
Mavzuga oid

11:23 / 09.02.2025
Samarqanddagi chiqindixonada chala tug‘ilgan chaqaloq o‘ligi topildi

15:01 / 02.09.2024
“Hech qanday yong‘in holati sodir bo‘lmagan” – Yangiyo‘ldagi chiqindixona bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

09:48 / 03.03.2024
Toshkentdagi chiqindixona oldida tashkil etilgan “pirojkixona” buzib tashlandi

18:52 / 29.01.2024