Toshkentdagi chiqindixona oldida tashkil etilgan “pirojkixona” buzib tashlandi
Tekshiruv davomida fuqaro pirojki mahsulotini ushbu obektda tayyorlamay, olib kelib sotayotgani aniqlangan.

Foto: Sanepidqo‘mita
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan chiqindixonalarning birida “pirojkixona” tashkil qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
Sanepidqo‘mita matbuot xizmatining munosabatida yozilishicha, Yunusobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolardan biri tomonidan chiqindixona oldida noqonuniy tarzda mahsulot sotilayotgan obekt tashkil qilingan bo‘lib, u pirojkilarni ushbu obektda tayyorlamay, olib kelib sotayotgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida mahsulotni saqlash, uni sotish uchun sanitariya talablariga mos ravishda joy tayyorlanmagani va ushbu hududda bu kabi savdoni amalga oshirish uchun hech qanday ruxsatnoma (tegishli hujjat) yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.
Fuqarodan chiqindixona oldida noqonuniy tarzda tashkil qilingan ushbu obektda oziq-ovqat sotmaslik, savdoni to‘xtatish va noqonuniy qurilmani o‘z xohishi bilan oldirib tashlash bo‘yicha tushuntirish xati olingan.
Shundan so‘ng tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu noqonuniy qurilma buzdirilib, mahsulot savdosi to‘xtatilgan.
Mavzuga oid

11:23 / 09.02.2025
Samarqanddagi chiqindixonada chala tug‘ilgan chaqaloq o‘ligi topildi

15:01 / 02.09.2024
“Hech qanday yong‘in holati sodir bo‘lmagan” – Yangiyo‘ldagi chiqindixona bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

15:15 / 16.07.2024
Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindixona tashkil etgan shaxs qariyb 4 yilga qamaldi

15:09 / 21.05.2024