Facebook Buyuk Britaniyada 500 ming funt jarima to‘laydi

Fan-texnika 17:42 / 30.10.2019 2392

Facebook 2007 yildan 2014 yilgacha foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni mobil ilova ishlab chiqaruvchilarga taqdim etib noto‘g‘ri yo‘l tutgan.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ma'lumotlarni himoya qilish bo‘yicha ish doirasida 500 ming funt to‘laydi, deb ma'lum qildi Britaniya axborot komissarligi boshqarmasi (ICO).

"Tomonlar kelishuvga erishdi. Facebook jarima sifatida 500 ming funt to‘lashga rozi bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

ICO 25 oktyabrda ma'lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun jiddiy ravishda buzilgani sababli Facebook kompaniyasiga 500 ming funt jarima solgandi. 

Ma'lum qilinishicha, Facebook 2007 yildan 2014 yilgacha foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni mobil ilova ishlab chiqaruvchilarga taqdim etib noto‘g‘ri yo‘l tutgan. Natijada GSR kompaniyasi 87 million kishining, jumladan Buyuk Britaniyaning 1 million fuqarosi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ularning roziligisiz olgan. 

Ko‘proq yangiliklar: