Farg‘onadagi bog‘chada bolalar ovqatdan ommaviy zaharlandi

Jamiyat 10:24 / 26.10.2019 20572

Farg‘onadagi bog‘chada ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

2019 yil 25 oktabr kuni Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining bergan xabariga ko‘ra, Farg‘ona shahar 9-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida tarbiyalanayotgan 11 nafar tarbiyalanuvchi 23-24 oktabr kunlari "o‘tkir diareya" tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Shifoxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilarda kuzatilayotgan xastalikka aralash ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan funksional buzilish tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur muassasa tarbiyalanuvchilariga 2019 yil yanvar oyidan buyon "Autsorsing" tizimi bo‘yicha "Far G.T." xususiy korxonasi tomonidan mahsulotlar tayyorlanib kelingan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Tekshirishda ommaviy zaharlanish holati haqidagi xabar o‘z vaqtida berilmaganligi bo‘yicha mutasaddi idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: