Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 14:49 / 23.10.2019 5004

Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida iste'molchilarga gaz yetkazish vaqtincha to‘xtatilmoqda.

«Hududgazta'minot» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 23 oktabr kuni:

Zangiota tumani «Ittifoq», «Nomdanak» va «Nurafshon» MFYlari hududidagi jami 650 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha;

Nurafshon shahar «Muqimiy» MFY «Odil Fayziyev» ko‘chasi hududidagi jami 120 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 ga qadar;

Bo‘ka tumani «Xo‘jaqo‘rg‘on» MFY hududidagi jami jami 110 ta aholi xonadonlarida soat 11:00 dan 15:00 gacha;

Qibray tumani «Amir Temur», va «Taraqqiyot» MFYlari hududidagi jami 480 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

«Hududgazta'minot» AJ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: