Lola Rahmonboyeva Turizm qo‘mitasi raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i Lola Rahmonboyeva qo‘mita raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, bu O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi bilan amalga oshirildi.
Lola Rahmonboyeva 1980 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistraturasini tugallagan. Lavozimga tayinlangunga qadar Lola Rahmonboyeva Kun.uz saytining muxbir va jurnalisti sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, raisning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi bir vaqtning o‘zida qo‘mita axborot xizmatining boshlig‘i hisoblanadi.
Mavzuga oid

22:09 / 20.09.2023
«Milliy PR-markazi» direktori tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlandi

08:13 / 23.05.2020
Turizm qo‘mitasi turfirmalarga jarima to‘lamaslik uchun «fors-major» rejimidan foydalanishni tavsiya qildi

15:31 / 01.02.2020
Abdulaziz Aqqulov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

16:36 / 05.12.2019