«Bir million daraxt» aksiyasiga Nukus shahrida start beriladi

Jamiyat 15:40 / 23.10.2019 2858

“Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan #BirMillionDaraxt aksiyasiga O‘zbekistonning shimoliy hududida start beriladi. Nukus shahri estafetani keyingi hududlarga taqdim etadi.

Birinchi daraxt partiyasi — 100 dona archa ko‘chatlari 24 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi hududida o‘tqaziladi. “Yuksalish” umummilliy harakati faollari tashabbusi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Sananing o‘zi ham muhimdir. 24 oktabr — Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni. Bu jamoatchilik e'tiborini yana bir bor ekologik muammolarga jalb qilish, yashash uchun qulay sharoitlar yaratish, aholini tashvishga solayotgan masalalar bo‘yicha ma'lumot berish, global muammolarni hal qilish uchun aholi, siyosiy iroda va resurslarni jalb qilishga sababdir.

Jadval bo‘yicha keyingi hududlar — Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Bu viloyatlarda ko‘chatlar asosan suv ta'minoti cheklangan joylarda ekiladi. Shu munosabat bilan murakkab iqlim sharoitlariga chidamli daraxt turlari tanlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: