«Asl Nafis» korxonasi 200 xil chinni mahsulotlarini taklif qiladi

Jamiyat 09:00 / 23.10.2019 24572

Samarqand chinnilari azaldan mashhur bo‘lgan. Ko‘hna shahardagi sobiq chinni zavodi ishlab chiqargan bejirim chinni buyumlar nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni mamlakatlarda ham nom qozongan. O‘sha mashhur chinni zavodi asosida tashkil qilingan «Asl Nafis» xususiy korxonasi 200 xilga yaqin bejirim chinni idishlarni taklif qiladi. 

2012 yil tashkil qilingan «Asl Nafis» xususiy korxonasida ayni damda 353 kishi mehnat qilmoqda. Yiliga 11 million donaga yaqin chinni mahsuloti ishlab chiqaradigan korxona bejirim buyumlarini nafaqat mamlakat ichki bozorlarida, balki Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston va Ozarboyjon kabi mamlakatlarga eksport qiladi.

«Asl Nafis» ishlab chiqarayotgan piyola va choynaklar ayniqsa eksportbop hisoblanadi. Korxona buyurtma asosida ham oshxona idishlari, esdalik sovg‘alar ishlab chiqaradi. Bundan tashqari elektr montaj ishlarida foydalaniladigan chinni detallar va rakovinalarni ham «Asl Nafis»dan sotib olishingiz mumkin.

Korxona zamonga mos idishlar ishlab chiqarishi bilan birga Samarqand chinni idishlariga xos bo‘lgan an'anaviy gulli naqshlarni ham saqlab qolgan.

«Asl Nafis» korxonasidagi idishlar qo‘lda yasaladi. Yuqorida aytganimiz an'anaviy Samarqand chinnilarga xos idishlardagi gullar ham to‘liq qo‘lda chiziladi. Idishlarni bo‘yash, qadoqlash kabi jarayonlar ham qo‘lda amalga oshiriladi. Mahsulotlar uchun xomashyo O‘zbekistonning o‘zidan chiqadi.

«Asl Nafis» ishlab chiqarayotgan bejirim idishlar sizni qiziqtirdimi? Unda qo‘ng‘iroq qiling.

Murojaat uchun telefon:
+998 91 524-87-89;
+998 66 221-71-75;
+998 93 345-22-66;
+99890 271-03-30.

Faks:
+998 66 221-74-84.

Korxona haqidagi barcha ma'lumotlarni Aslnafis.uz saytida olishingiz mumkin.

«Asl Nafis» korxonasini ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Telegram — t.me/aslnafisuz
Instagram — instagram.com/aslnafis.uz/
Facebook — facebook.com/aslnafis.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: