Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon ta'lim muassasalarida tadbirlar tashkil etilmoqda

Jamiyat 12:27 / 22.10.2019 2452

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 23 avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta'limini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Prezident adminstratsiyasi ishchi guruhi vakillari Andijon viloyatidagi umumta'lim maktablarida bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqdalar. Shuningdek, mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish uchun amaliy yordam ko‘rsatilyapti.

Ishchi guruhi tarkibidagi Madaniyat vazirligi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti vakillari tomonidan Buloqboshi tumanidagi "Sharq yulduzi" madaniyat markazi binosida umumta'lim maktablarining pedagog-o‘qituvchilari uchun "Ustozlarga ta'zim" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

  Tadbirda Milliy teatr va kino aktyorlari Tolib Mo‘minov, G‘ayrat Boynazarov hamda taniqli estrada xonandalari ishtirok etdilar.

"Sharq yulduzi" madaniyat markazi yosh ijodkorlari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma tadbir ishtirokchilarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Shuningdek, Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan suratlar tanlovi tashkil etildi. Iqtidorli o‘quvchilar institut rektorining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xuddi shunday tadbir Oltinko‘l tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Tuman “Markaziy” o‘yingohida tumandagi ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun "Besh tashabbus bilan - kelajak sari" shiori ostida "Men - shu aziz Vatan farzandiman" deb nomlangan yoshlar forumi tashkil etildi. Tadbirda tuman xalq ta'limi bo‘limi maktablarining o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.  

Respublika ishchi guruhi a'zosi Shamsitdin Allayorov va tuman hokim Nazirjon O‘rinboyevlar bir guruh iqtidorli o‘quvchilarga kitoblar jamlanmasi va sport anjomlaridan iborat sovg‘alarni  topshirishdi. 

Sarvarbek Nazarov

Ko‘proq yangiliklar: