Mineral vata ishlab chiqarishda mintaqa lideri bo‘ladigan Angren Insulation zavodi tashkil etildi

Jamiyat 11:13 / 22.10.2019 10937

Mineral vata – salohiyatli hamda jadal rivojlanayotgan zamonaviy qurilish sanoatida bino devorlari, shiftidan tortib poydevorigacha issiqlikni saqlash vositasi sifatida doimiy foydalanilmoqda. Chunki shunday qoplamalar istalgan binoning issiqlikni saqlashida yaxshi natija ko‘rsatadi va binoni isitish uchun kamroq energiya sarflanishiga sabab bo‘ladi.

Hozirgi kunda energiyani tejashdan ko‘ra, bor energiyani saqlash muammo!

Masalan, konditsioner, isitish batareyalari, isitish kotyollarini kamxarj variantlarga almashtirgandan ko‘ra, uydan issiqlik chiqib ketadigan joylarni mineral vata bilan ta'mirlash ko‘proq foyda beradi. Shuningdek, xalqaro statistikalarga ko‘ra, energiyani saqlash davlatning energiya tejashdagi xarajatlarini 30 foizga arzonlashtiradi.

O‘zbekiston bo‘yicha bu muammo qay darajada ekanligini Toshkent shahri misolida ko‘rish mumkin:

Shahardagi uylarni isitishda ta'minot quvurlarining talabga javob bermasligi (issiqlikni o‘zidan ortiqcha qo‘yib yuborishi) sabab, 41 foiz issiqlik iste'molchilarga yetib bormay qoladi. Bu esa har isitish mavsumida 414,2 milliard so‘m yoki 44 million AQSh dollari «havoga uchadi» degani. Agar shu quvurlar mineral vata bilan qoplanganda, energiya yo‘qotish hajmi bir necha barobar qisqarardi.

Bu mavzuga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 9 oktabr kuni Olmazor City majmuasiga bo‘lgan tashrifi chog‘ida e'tibor qaratib – qurilish ishlarida g‘isht sarfini kamaytirib, issiqlikni saqlaydigan mineral vata materiallardan ko‘proq foydalanish va shunday mahsulotlar ishlab chiqaradigan mahalliy zavodlarni ko‘paytirish haqida so‘zlab o‘tdilar.

Angren erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan Angren Insulation zavodi esa shu mahsulotni ishlab chiqarish hamda eksport qilish bo‘yicha O‘zbekistonni mintaqa yetakchiligiga olib chiqishi ko‘zda tutilgan.

Mineral vata mahsuloti birgina O‘zbekistonning o‘zidagi qurilish ishlarida keng masshtabda foydalanilsa, BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, yiliga 10 milliard metr kubdan kam bo‘lmagan tabiiy gaz tejab qolinadi. Bu pul miqdorida yiliga 1 milliarddan ortiq AQSh dollari bo‘ladi.

Qo‘shma korxona mahalliy investorlar hamda xorijiy hamkorlarning boshlang‘ich 15 million AQSh dollari investitsiyalari hisobiga qurila boshlandi va 2020 yil boshida ishga tushiriladi. Shuningdek, bosqichma-bosqich jami kiritiladigan investitsiyalar miqdori 42 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Zavod yetakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilarning avtomatlashtirilgan uskunalari bilan jihozlanadi va yiliga 50 ming tonnadon ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqara oladi.

Hech shubhasiz, O‘zbekistonning MDH bozorlarida mashhur bo‘lgan isitish qoplamalari safi yana bir mahsulotga kengayadi va tez orada xalqaro yetakchi o‘rinlarga chiqib oladi.

Angren Insulation aloqa ma'lumotlari:

  • Manzil: Angren erkin iqtisodiy zonasi
  • Telefon: +998(71) 283-48-14

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: