Kosonda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi – foto

Jamiyat 12:45 / 22.10.2019 3087

Koson tumanida O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, tumandagi «Amir Temur» nomli istirohat bog‘ida sayil tashkil etildi. Unda «Ona tilimiz 30 yoshda» loyihasi doirasida tumandagi barcha maktab o‘quvchilari o‘rtasida ya'ni, musiqa va san'at yo‘nalishi bo‘yicha 850 nafar, g‘azalxonlik bo‘yicha 750 nafar, she'rxonlik bo‘yicha 670 nafar, ijodkor yoshlarning o‘z qalamiga mansub bo‘lgan ijodlari bo‘yicha 900 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Sayil yakunida ifodali she'r o‘qigan, kuy chalgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan, rassomchilik san'ati bo‘yicha o‘z mahoratini ko‘rsatgan o‘quvchilarga tuman hokimining o‘rinbosari U.Ochilov kompyuter jamlanmasi va diplomlar, faxriy yorliqlar, kitoblar to‘plami hamda boshqa esdalik sovg‘alari topshirdi.

Shuningdek, tumandagi «Tariximsan, taqdirimsan-ona tilim» mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Insholar tanlovida 30 nafar harbiy xizmatchi yoshlar ishtirok etdi va tadbir yakunida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularga konsert dasturi namoyish etildi.

Bundan tashqari, tumandagi 94-sonli umumta'lim maktabida «Til millat ko‘zgusi», 6-sonli umumta'lim maktabida «Ona tilim – baxtimsan ham g‘ururim, faxrimsan» shiorlari ostida tadbirlar tashkil etildi. Faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirlar doirasida 100-sonli umumta'lim maktabida ona-tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirokida «O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.  

Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi

Ko‘proq yangiliklar: