Abdulla Aripov: «O‘zbekistonda ham kiberhujumlar ko‘payib boryapti»

O‘zbekiston 21:15 / 22.10.2019 15305

Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvada o‘tayotgan «Ochiq innovatsiyalar» xalqaro forumining yalpi majlisida aytib o‘tdi.

«Shu sababli mamlakatda raqamli ma'lumotlarni himoya qilish va xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha kompleks dastur qabul qilingan. Uning doirasida axborot xavfsizligi sohasida 70dan ortiq hujjat tasdiqlandi. Barcha davlat institutlarida ma'lumot uzatishning himoyalangan tarmoqlari orqali elektron ma'lumot almashish yo‘lga qo‘yildi», – dedi Aripov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan choralar natijasida O‘zbekiston Xalqaro elektr aloqa ittifoqining global kiberxavfsizlik indeksida 40 pog‘ona yuqorilab, 175 davlat orasida 52-o‘rindan joy olgan.

Bundan oldin, Abdulla Aripov mazkur forum davomida O‘zbekistondagi internet tezligi haqida gapirgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: