Toshkent shahrining to‘rt tumanida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi 

Jamiyat 10:50 / 21.10.2019 7789

Bugun, 21 oktabr kuni, soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahrining Mirobod, Yunusobod, Yashnobod hamda Chilonzor tumanlarining ayrim mahallalarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Mirobod tumaniga qarashli “Baynalminal” mahalla hududidagi 112-sonli transformatorda rejali mukammal ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida, 1-tor “Oq yo‘l” ko‘chasi, “Oq yo‘l berk” ko‘chasi, 7-berk “Mironshoh” ko‘chasi, hamda 1-tor “Mironshoh” ko‘chalaridagi 2 ta ko‘p qavatli 32 A va 32 B uylarida, shuningdek 83-o‘rta ta'lim maktabida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.

Yunusobod tumanining 8-mavze “Shodlik” mahallasidagi 2 dan 48 gacha bo‘lgan ko‘p qavatli aholi turar joy binolarida yuqori kuchlanishli havo liniyalarida ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida vaqtinchalik soat 09:00 dan 15:00 gacha o‘chiriladi.

Yashnobod tumanining ba'zi hududlari, ya'ni “Quruvchilar”, “Charos”, “Tabarruk”, “Zarkent”, “M.Ashrafiy”, “Farg‘ona yo‘li”, hamda “Beshariq” mahallasidagi “Lisunova” ko‘chasining 1A va 2-mavzesidagi aholi turar joy binolarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi.

Yashnobod tumani “Beshariq mahallasi” hududiga qarashli 1A va 2- mavzesidagi 3304-sonli transformator punktini mukammal ta'mirdan chiqarilayotganligi sababli 10:00 dan 17:00 gacha ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida vaqtincha o‘chiriladi.

Tumanning “Iqbol” mahallasidagi 2262-sonli transformator punktiga qarashli “Quruvchilar”, “Tabarruk” va “Charos” ko‘chalarida yuqori kuchlanishli havo tarmog‘i VL-0,4 SIPda ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida 09:00 dan 15:00 gacha o‘chiriladi. Shuningdek, “Zarkent”, “M.Ashrafiy” va “Farg‘ona yo‘li” ko‘chalaridagi 646-sonli transformator punktiga qarashli VL-0,4 SIP yuqori kuchlanishli havo liniyasida ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotganligi tufayli 11:00 dan 17:00 gacha o‘chiriladi.

Chilonzor tumanining 7-mavzesiga qarashli 18A, 18B, 18V, 18G, hamda 179-o‘rta ta'lim maktab hududiga qarashli 6 kVli 1432-sonli transformatorda mukammal ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida vaqtincha, soat 09:00 dan 17:00 kadar elektr energiyasida uzilish bo‘ladi.
 
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: