TIV Moskvada komada yotgan o‘zbekistonlik talaba ishi yuzasidan bayonot berdi

Jamiyat 09:10 / 21.10.2019 22764

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi avgust oyidan buyon Moskva shahridagi 67-son shahar klinik kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida komada yotgan O‘lmasxon Baxronov ishi bo‘yicha bayonot berdi.

Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti talabasi, O‘zbekiston fuqarosi O‘lmasxon Baxronovning sog‘ligi holati to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur masala doimiy nazoratda ekanini ma'lum qildi.

Elchixona tomonidan bemorning ota-onasi, uni davolayotgan shifokorlar va tibbiyot muassasasi ma'muriyati bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda anesteziologiya, reanimatologiya va otorinolaringologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov/Oryol oblasti, Ryazan viloyati, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.

Ko‘proq yangiliklar: