«Paxtakor-Yangiyer» magistral gaz quvurida yorilish sodir bo‘ldi. Bu haqda «O‘ztransgaz» xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21 oktabr kuni soat taxminan 09:47da «G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi»ga qarashli 1984 yilda ishga tushirilgan yuqori bosimli diametri 1020 mm bo‘lgan «Paxtakor-Yangiyer» magistral gaz quvuri I tarmog‘ining 17-km.da yong‘insiz holatda quvur yorilishi yuz bergan.
Xabarda aytilishicha, hozirda avariyani bartaraf etish va magistral gaz quvurni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda uzilishlar bo‘lmaydi, deyiladi ma'lumotda.