«KT Corporation»: Aqlli hisoblagichlar tizimi elektr energiyasini cheklovsiz yetkazish imkonini beradi

Jamiyat 18:21 / 21.10.2019 7416

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimini o‘rnatish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda bir qator ilg‘or davlatlar vakillari orasida Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi tender g‘olib bo‘lib o‘z ishini boshlagandi. 

Dastlab ushbu tizim Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Yangi turdagi hisoblagichlarni keng tarzda o‘rnatish ishlari boshlanmasidan oldin Past Darg‘omdagi 15 mingta abonentda sinov ishlari ham olib borildi. Sinov yakunida tizimda energiya yo‘qotilishi keskin kamaygani kuzatilish bilan birga qator qulayliklar yaqqol ko‘zga tashlandi. Kompaniyaning Samarqanddagi vakili janob Gvang Mo Kyung tizimdagi boshqa qator qulayliklar haqda ham so‘zlab berdi. 

«Biz qator mamlakatlarda bu kabi loyihalarni amalga oshirganmiz. Bu jarayonni tugatguncha qadar qator qiyinchiliklar ham bo‘lishi tabiiy. Xuddi shunday O‘zbekistonda ham ushbu yirik loyiha bo‘yicha tender g‘olibi bo‘lganimizda oldinda butun dunyo tan olayotgan bu tizimni iste'molchilar qanday qabul qilishi masalasi turardi». 

Xuddi shu masalada «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi janob Ulug‘bek Mustafoyev bu tizimning qaysi viloyatda boshlanishidan qat'iy nazar rahbarlar qo‘llab quvvatlaydi deb aytgan va biz shunda ham oldinda qiyinchiliklar bo‘lishini taxmin qilgandik. Ammo Samarqandda ish boshlaganimizda xuddi shu gapning isbotiga guvoh bo‘ldim. Viloyat rahbari Erkinjon Turdimov bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turmoqda. Yangi tizimni O‘zbekistonda juda iliq qabul qilishmoqda.

Ushbu tizimning eng katta qulayliklaridan biri – ishda inson omilining nihoyatda past ekanligida. Chunki yangi loyiha har bir hudud uchun elektr sarfini onlayn tarzda aniq ko‘rib turish imkonini beradi. Shunga asosan kerakli miqdorda energiya yetkazib berilaveradi. Elektr ta'minotini bir maromda bajarish yo‘lga qo‘yiladi. 

Qaysi hududda kuchlanish yuqori, qaysi hududda yetarli emas, barchasi nazoratga olinib me'yoriy holat ushlab turiladi. Yuqoridagi onlayn nazorat o‘z o‘rnida tizimda zo‘riqishlar natijasida yuzaga keladigan enegiya yo‘qotishni ham maksimal darajada pasaytiradi.

Iste'molchilar esa to‘lovni «click» orqali qo‘l telefonidan o‘tkazib qo‘yaqoladi. Ya'ni iste'molchilar bank yoki elektr ta'minoti korxonalari borib, navbatda turib to‘lov qilishlariga hojat qolmaydi”, deydi «KT Corporation» Samarqand vakili Gvang Mo Kyung.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ASKUE rahbari Botir Alimov ham tizimning qulayliklari haqda to‘xtalib o‘tdi.

«Sinov o‘tkazilgan hududda iste'molchilarida ASKUE tizimini joriy etilishi bilan debitor qarzdorliklarni undirilishi, iste'molchilardan elektr energiyasi iste'moli to‘g‘risida ma'lumotlar olinishi yaxshilandi hamda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari to‘liq bartaraf etildi.

Camarqand viloyatida ayni vaqtga kelib 300 mingga yaqin zamonaviy hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lsa, bugungacha shulardan 260 mingtasi markaziy tarmoqqa ulab bo‘lindi. Samarqand shahrining o‘zida yangi turdagi hisoblagichlar soni 140 mingtadan oshdi.

Elektr energiyasini hisoblashning yangi tizimining oldingilaridan yana bir qator qulayliklari bor. Aytaylik, eng avvalo, mazkur tizim to‘liq yo‘lga qo‘yilgach, elektr energiyasi yetkazishda cheklov bo‘lmaydi. Soha xodimlari yoxud MIB nazoratchilarning tashrifi, hisoblagich ko‘rsatgichlari bilan tanishiga hojat yo‘q. Yana bir tomoni,  ma'lumotlarni soxtalashtirishga urinish, ya'ni hisoblagichga ta'sir o‘tkazish holatlari yuzaga kelsa darhol o‘chadi va tizimga xabar jo‘natadi. Shuningdek, energiya to‘lovi to‘lanmagan taqdirda masofadan o‘chish xususiyatiga ham ega», deydi Botir Alimov.

 Ushbu hisoblagichlar elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, Samarqandning Past Darg‘om tumanida o‘tkazilgan sinov ishlarida 15 000 abonent ESKUE tizimiga ulangan bo‘lib Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi xodimlari, «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati, «Samarqand elektr tarmoqlari korxonasi» vakillari ishtirokida o‘tkazilgan. Sinov tizimning benuqson ekanini ko‘rsatishi bilan birga yangi hisoblagich o‘rnatilgan hududda elektr energiyasi iste'moli 18 foizga kamayganini ko‘rsatdi.

«Mazkur hisoblagichlar «aqlli» uskuna hisoblanib, kuchlanish birdan me'yoridan ortiq oshib ketsa avtomatik tarzda o‘zi o‘chib qoladi. O‘z navbatida viloyat elektr tarmoqlari korxonasida joylashgan markaziy kompyuter – serverga bu haqda «online» axborot paydo bo‘ladi. Umuman, markaziy server tizimning «yuragi» hisoblanib, nafaqat viloyat, balki alohida bir hudud, hatto har bir abonentning elektr iste'moli sarfi bo‘yicha ham to‘liq axborot yig‘ib boradi» deydi Samarqand «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi bosh muhandis o‘rinbosari Eldor Mamasoliyev.

Shu kecha kunduzda Samarqandda har kuni o‘rtacha mingta abonent yangi tizimga qo‘shilmoqda. Viloyatni to‘liq qamrab olishni 2020 yil oxirigacha yakunlash ko‘zda tutilgan. 

«Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: