Isitish radiatorlarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Jamiyat 20:45 / 21.10.2019 4123

Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Jumladan, ''Olot'' chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan “Mersedes-Bens” yuk avtotransporti bojxonachilar tomonidan tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, avtomashinadagi yuklar bilan ularga tegishli kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan malumotlarda o‘zaro nomuvofiqlik mavjudligi malum bo‘ldi.

Tekshiruv jarayonida yuk kuzatuv xujjatlarida qayd etilgan keramik plitkalardan tashqari, avtomashinada umumiy qiymati 458,39 million so‘mlik uy isitish uchun mo‘ljallangan radiatorlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: