Dunyodagi eng katta turma qanday ko‘rinishga ega (foto)

Jahon 02:45 / 21.10.2019 64277

Turma Nyu-York shahridagi Raykers orolida joylashgan bo‘lib, unda 10 ming mahbus saqlanadi. Majmua 1932 yilda ochilgan. Bu yer o‘ziga xos kichik shaharcha bo‘lib, unda mahbuslar uchun kameralardan tashqari, maktablar, sportzallar, do‘konlar, sartaroshxonalar, avtobus parki va boshqa obektlar mavjud. Bu turmada o‘z vaqtida rep ijrochi Tupak Shakur, Jon Lennonning qotili Mark Chepmen, ommaviy qotil Devid Berkovits va boshqalar jazo o‘tagan.

Foto: AP
Foto: AP

Koloniyani ma'muriyat va nozirlar tomonidan ko‘plab qoidazubarliklar sodir etilayotgani sababli yopishga qaror qilingan. Mahalliy hokimiyat Nyu-Yorkning Bruklin, Kvins, Bronks va Manxetten tumanlarida kichikroq turmalar qurmoqchi. Ammo bu qaror ushbu tumanlarda yashovchi odamlarga xush kelmayapti.

Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP

Raykers turmasining yopilishi va yangi turmalar qurilishi 8 mlrd dollarga baholangan. Barcha ishlarni 2026 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Ko‘proq yangiliklar: