WINIRON motor moylariga 3 yil to‘ldi

Jamiyat 16:00 / 19.10.2019 7857

Wyndham mehmonxonasida WINIRON motor moylarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta'kidlash o‘rinliki, ushbu motor moylari O‘zbekistonda 2017 yildan Winiron Oil Industry o‘zbek-koreys qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.

2016 yilda J.Koreyaning Pefko kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha muzokaralar boshlangan bo‘lsa, qisqa muddat ichida, ya'ni 2017 yilda

Winiron Oil Industry qo‘shma korxonasi tomonidan ichki bozorga O‘zbekiston va Janubiy Koreya mutaxassislari tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar - WINIRON motor moylari va yuqori sifatli moylash materiallari taqdim etildi. Qo‘shma korxona WINIRON moylarini uchta tasnifda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bular motor moylari, transmissiya moylari, sanoat moylari.

Ta'kidlash o‘rinliki, mahsulot tarkibini 60 foizgacha mahalliylashtirish evaziga uning tannarxi 20 foizga arzonlashishga erishildi. Shu bilan birga, 100dan ortiq mahalliy yoshlar ish bilan ta'minlandi.

Bundan tashqari, har qanday transport vositasi uchun zarur bo‘ladigan turli xil filtrlarni ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. Bozorlarda o‘z o‘rniga va xaridoriga ega bo‘lib ulgurgan mahsulotlar Wulsgen Filter brendi ostida ishlab chiqilmoqda. Siz avtomobilingiz uchun salon, yoqilg‘i, havo, salon-havo filtrlarining zarurini xarid qilishingiz mumkin.

Tadbir davomida WINIRON so‘zining ma'nosiga ham e'tibor qaratildi. Ma'lum qilinishicha, “Win” - g‘alaba, “iron” – temir ma'nosini anglatadi va moy nomini

“Win iron - temir ustidan g‘alaba” deya tushunish mumkinligi ta'kidlandi.

Shuningdek, qo‘shma korxona moylar solinadigan idishlarni ishlab chiqarishga ham alohida e'tibor bilan yondashgan. Mahsulotning ishonchliligini oshirish hamda ixcham va ergonomik shaklni saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilgani natijasida zamonaviy va qulay kanistrni ishlab chiqilgan.

Idishga yopishtirilgan yorliq yakuniy mahsulotning ajralmas qismi bo‘lib, u keyinchalik shakllantirilgan mahsulot sifatida taqdim etiladi. Bunga O‘zbekistonda ilk bor qo‘llanilgan IML texnologiyasini qo‘llash orqali erishilgan. Ta'kidlanishicha, koreyalik muhandislar WINIRON motor moylarini ishlab chiqarishda faol ishtirok etib, yuqori sifatli motor moyi olishda O‘zbekistonning o‘ziga xos iqlim sharoitlarini o‘rganib chiqishgan.

Qo‘shma korxona mahsulot sifatini oliy maqsad qilgan bo‘lib, kompaniya menejmenti aynan shu asosga qurilgan va ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar uchun O‘zDST sifat sertifikatlari olingan. Shuning barobarida mahsulotlar yuqori sifat standartlari, jumladan, API va ASeA standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Qo‘shma korxona mahsulotlarni yetkazib berish borasida logistika masalalariga hham jiddiy e'tibor qaratgan. WINIRON motor moylarini Toshkent shahri va respublikaning 11ta viloyatida joylashgan kompaniya filiallaridan sotib olish mumkin. Bundan tashqari xarid jarayoniga axborot texnologiyalari ham joriy qilingan va buyurtma bir kunda mijoz manziliga yetkazib beriladi. Bunda 20 tonnadan ko‘p mahsulot xarid qilgan mijozlarga bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

WINIRON motor moylari - Koreya sifati, maxsus formula va boshqa turdosh mahsulotlarga nisbatan 20 foizga arzon.

WINIRON motor moylari – avtomobilingiz motori uzoq ishlashi garovi!

WINIRON matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: