Yuridik kollejlar ta'mirlanadi

Jamiyat 13:55 / 18.10.2019 3385

2020-2024 yillar davrida mamlakat bo‘yicha barcha 14 ta yuridik kollejda bosqichma-bosqich rekonstruksiya, kapital ta'mirlash va jihozlash amalga oshiriladi.
 
Norma’ning yozishicha, ish sur'ati: 2020-2023 yillarda 3 ta hududiy kollej va 2024 yilda – 2 ta. Ishlar mebel, kompyuter va orgtexnika, o‘quv va laboratoriya jihozlari, o‘quv va sport anjomlari bilan kollejlarni jihozlash me'yorlarini hisobga olib “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlarida amalga oshiriladi. Qiymatini loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, tender (tanlov) savdolari natijalari bo‘yicha hamda real shakllanadigan narxdan kelib chiqqan holda aniqlaydilar.
 
Bundan tashqari, kollejlar o‘quvchilari Toshkent davlat yuridik instituti tomonidan nashrga tayyorlangan yangi avlod darsliklaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Umuman olganda kutubxona fondini zamonaviy yuridik va badiiy, shu jumladan xorijiy adabiyotlar bilan to‘ldiradilar, o‘quv adabiyotlari muntazam yangilab boriladi.
 
O‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich zamonaviy multimedia texnologiyalari: vebinarlar, onlayn-kurslar, situatsion zalni tashkil qilgan holda videokonferensaloqa va h.k. joriy etiladi. “Elektron yuridik kollej” innovatsion elektron platformasi joriy etiladi. Buning uchun, xususan, kollejlar ulanish tezligi yuqori bo‘lgan (100 Mb/s dan kam bo‘lmagan) Internet bilan ta'minlanadi.
 
Adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan yuridik kollejlarning xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustamalar va martaba darajalari uchun qo‘shimchalar to‘lanadi.

Ko‘proq yangiliklar: