Yashnobod va Olmazorda elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar bo‘ladi

Jamiyat 11:44 / 18.10.2019 3542

Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlari ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. “Toshkent shahar YeTK” AJ matbuot xizmati bu borada rasmiy ma'lumot bilan chiqdi.
 
Qayd etilishicha, bugun, 18 oktabr kuni, soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumanining ba'zi hududlarida, ya'ni “To‘ytepa”, “Iqbol”, “Aviasozlar”, “Do‘stlik” va “Fidoyilar” mahallaridagi aholi turar joy binolarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Tumanning S.Azimova ko‘chasidagi 802-sonli transformator punkti mukammal ta'mirdan chiqarilayotganligi sababli soat 9:00 dan 17:00 gacha vaqtincha elektr energiyasidan uzilish bo‘ladi.

Yashnobod tuman “Iqbol” mahallasidagi 2262-sonli transformator punktiga qarashli “Quruvchilar”, “Saodat”, “Muloyim” va “Charos” ko‘chalarida yuqori kuchlanishli havo tarmog‘i ishlari VL-0,4 SIP ta'mirdan chiqarilishi sababli ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida vaqtincha 10:00 dan 17:00 gacha o‘chiriladi.

“Aviasozlar” mahallasiga qarashli “Lisunova” mavzesining “Do‘stlik” va “Birlashgan” mahallalarida joylashgan “Parkent” ko‘chasidagi hamda “Fidoiylar” mahallasining 56-harbiylar shaharchasida VL-0,4 yuqori kuchlanishli havo liniyasida temir beton ustun qulaganligi sababli ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida vaqtincha 11:00 dan 17:00 gacha o‘chiriladi.

Shuningdek, bugun soat 14:30 dan 15:30 ga qadar Olmazor tumanining “Sag‘bon”, “Bobojonova”, “Qizilqo‘shin”, “Z.Boboxonov”, “Chuvalachi”, “S.Mahmudova” mahallaridagi aholi turar joy binolarida, hamda “Sebzor” mavzesidagi ayrim do‘konlarda elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilish bo‘ladi.

Asosiy magistral yunalishidagi yuqori kuchlanishli VL 6 kV kabel havo liniyasida kabel liniyalari almashtirilishi sababli vaqtincha o‘chiriladi. 
 
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: