«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ: Viloyat hokimi avtomatlashtirilgan tizim tezroq joriy qilinishiga targ‘ib etmoqda

Jamiyat 11:27 / 18.10.2019 5407

Hozirda Samarqand viloyatining barcha tumanlarida elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulash ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Bugungi kunga kelib, Samarqand viloyatida jami 818 mingga yaqin iste'molchilardagi mavjud hisoblagichlarning  320 mingdan ortig‘i  almashtirildi, hamda 232 mingdan ziyodi BILLING tizimiga ulandi.

Debitor qarzdorlikni keskin qisqartirishni asosiy maqsad qilib olgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJning ASKUE markaziy serveriga tashrif buyurib, avtomatlashtirilgan tizim bilan yaqindan tanishish maqsadida qarzdor iste'molchilar tarmoqdan ajratilish jarayoni, iste'mol, tarmoqlardagi texnologik yo‘qotishlar miqdori hamda hisoblagichlarni avtomatlashtirilgan tizimga bog‘lash jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida viloyat majburiy ijro byurosi rahbariyatiga, hokim o‘rinbosarlari, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» rahbariyatiga qisqa muddat ichida Samarqand shahrida zamonaviy elektron hisoblagichlarni to‘liq almashtirish, hamda  hisoblagichlarga to‘liq tamg‘alar o‘rnatish ishlarini yakunlash bo‘yicha shaxsan topshiriqlar berdi.

Hozirda hisoblagichlarni almashtirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim xonadonlar kuzatilayotganligi sababli viloyat hokimi joylarga borib, fuqarolarga hisoblagichlarni almashtirish shartligini tushuntirib, barcha mahalla profilaktika inspektorlari, mahalla raislariga energo ta'minot korxonasi va majburiy ijro byurosi xodimlariga ko‘maklashish kerakli bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Hurmatli iste'molchilar! «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan bepul ajratilgan hisoblagichlarni almashtirishga to‘sqinlik qilmasligingizni iltimos qilib qolamiz!

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: