Kontrakt asosidagi qabul parametrlari OTM tomonidan mustaqil belgilanadi

Jamiyat 07:31 / 18.10.2019 15190

O‘zbekistonda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta'lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadigan bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida aytilgan.

Qayd etilishicha, oliy ta'lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini oliy ta'lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, xotin-qizlarning oliy ta'lim olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish, ta'lim olishda gender tengligi tamoyillari ustuvorligini ta'minlash, mahallalar, umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida muntazam ravishda xotin-qizlarni oliy ta'limga keng jalb qilishga yo‘naltirilgan keng targ‘ibot ishlarini olib borish mo‘ljallanmoqda.

Bundan tashqari, ta'limning uzluksizligiga erishish maqsadida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta'lim dasturlarining uyg‘unligi va izchilligini ta'minlash, oliy ta'lim muassasalarining o‘quv rejalarini kredit-modul tizimiga o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich mazkur tizimga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: