Toshkent viloyatining ba'zi tumanlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat 08:29 / 17.10.2019 5134

Toshkent viloyatining uchta tumanida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta'minot” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

2019 yil 17 oktabr kuni Zangiota tumani, “Xonobod” qishlog‘i, “Xonobodtepa” MFY hududidagi jami jami 210 ta aholi xonadonlarida soat 13:00 dan 17:00 gacha, Yuqori Chirchiq tumani, Jambul hududidagi jami 2800 ta aholi xonadonlarida soat 12:00 dan 17:00 gacha, 2019 yil 18-19 oktabr kunlari Parkent tumani hududidagi jami 24 690 ta aholi xonadonlarida va 606 ta ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma'lum qilindi.

“Hududgazta'minot” kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: